Fors Ko‘rfazida joylashgan arab mamlakatlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan turnirda bu safar O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aziz Haydarov to‘p suradigan “Ash Shabob” klubi g‘olib bo‘ldi, deb xabar qiladi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Fevral oyida boshlangan ushbu musobaqa finali 27-may kuni bo‘lib o‘tdi.
Finalga Birlashgan Arab Amirliklarining “Ash Shabob” klubi bilan birga Ummonning “As Sib” jamoasi yetib kelgandi. Ular o‘rtasidagi final uchrashuvining asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
O‘yindan keyin g‘olibni aniqlash uchun amalga oshirilgan penaltilar seriyasida esa 4:3 hisobida BAA jamoasi ustun keldi.
Izoh (0)