O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiya poytaxti Vellingtondan jahon chempionatining o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadigan Kraystcherch shahriga ko‘chib o‘tdi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
28-may erta tongdan Zelandiya poytaxtidan yo‘lga chiqqan yoshlar termasi delegatsiyasi havo yo‘llari orqali Kraystcherchga yetib kelgan. Uchrashuvga uch kun qolganda o‘zbekistonlik futbolchilar aynan shu shaharda mashg‘ulotlarni davom ettiradi.
O‘zbekiston U-20 termasi 1 va 4-iyun kunlari mos ravishda Gonduras hamda Germaniya terma jamoalariga qarshi jahon chempionatining guruh o‘yinlarini Kraystcherch shahrida o‘tkazadi.
Izoh (0)