Daily Mirror nashri Rafael Benitesning “Real” o‘yin uslubi bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
“Rafael Benites yangi ‘Real’ni Garet Beyl atrofida tuzishni rejalashtirmoqda. Murabbiyning Uels termasi o‘yinchisi bilan bog‘liq katta rejalari bor”, — deyiladi manbada.
Shuni qayd etib o‘tamizki, Benites bir necha kun oldin “Qirollik klubi”dan iste’foga chiqarilgan Karlo Anchelottining o‘rniga bosh murabbiy bo‘lish uchun asosiy nomzod hisoblanadi.
Izoh (0)