Superog‘ir vazn toifasida ringga chiquvchi rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin so‘nggi jangida bir yarim daqiqada g‘alaba qozondi. Bu haqda Echo.msk.ru xabar bermoqda.
Moskvada bo‘lib o‘tgan jangda Povetkin kubalik Mayk Peresni nokautga uchratdi. Shunday qilib, u WBC talqini bo‘yicha jahon chempioni sovriniga doimiy da’vogar unvonini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, Povetkin 2013-yil oktyabrida ukrainalik Vladimir Klichkoga mag‘lub bo‘lganidan beri ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)