“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya Premyer-ligasi joriy mavsumining eng yaxshi murabbiyi, London klubi yarim himoyachisi Eden Azar esa eng yaxshi o‘yinchi deb e’tirof etildi. Bu haqda Arena.uz xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga Azarning jamoadoshlari Jon Terri, Fransesk Fabregas va Nemanya Matich, shuningdek, Serxio Aguero (“Manchester Siti”), David De Xea (“Manchester Yunayted”), Xarri Keyn (“Tottenxem”) va Aleksis Sanches (“Arsenal”) da’vogarlik qilgandi.
Qayd etish joiz, avvalroq Azar Futbolchilar Assotsiatsiyasi hamda jurnalistlar talqiniga ko‘ra ham mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.
Eng yaxshi murabbiy nomiga esa Ronald Kuman (“Sautgempton”), Garri Monk (“Suonsi”), Nayjel Pirson (“Lester”) va Arsen Venger (“Arsenal”) da’vogarlik qilgan edi.
Qiziq jihati, Mourinyo ushbu mavsumda biror marta ham oyning eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo‘lmagandi.
Izoh (0)