Dog‘istonning Xasavyurt shahrida bo‘lib o‘tgan 1995—1997-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar orasida erkin kurash bo‘yicha Butunrossiya XXXVII ochiq musobaqasida o‘zbekistonlik kurashchi Hasanboy Rahimov 96 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida kumush medal sohibi bo‘ldi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekistonning yana bir vakili Hojiakbar O‘tkirov esa 50 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida beshinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqada Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Litva, Tojikiston, O‘zbekiston, Belarus, Latviyadan 250 dan ortiq sportchilar ishtirok etdi.
Izoh (0)