Osiyo futbol konfederatsiyasi kelishilgan uchrashuvlarda ishtirok etgan to‘qqiz nafar o‘yinchini futbol bilan bog‘liq barcha faoliyat turlaridan umrbod chetlashtirdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Jazolar Vyetnamning “Vassai Ninbin” klubi futbolchilariga nisbatan qo‘llanildi.
2014-yilning dekabr oyida Vyetnam futbol federatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi ham futbolchilarni umrbod diskvalifikatsiya qilgandi.
Vyetnamda futbolchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi. O‘yinchilardan biri ikki yarim yilga qamaldi, qolgan 8 futbolchiga 27 oy shartli muddat berildi.
2014-yilning may oyida futbolchilar OFK Kubogi doirasida Malayziyaning “Kelentan” klubi bilan o‘yinda jamoalarining bir to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishiga pul tikkan. 3:2 hisobida vyetnamliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuv har bir futbolchiga bir milliard dong (taxminan 48 ming dollar) keltirgan.
Izoh (0)