“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Yohan Kruiff “Real”ning asosiy jamoasida nosog‘lom muhit hukmronlik qilmoqda, deb hisoblamoqda. Kruiffning taxminicha, “qaymoqranglilar” tarkibidagi futbolchilardan biri jamoadoshlarining gollaridan xursand bo‘lmaydi.
“‘Real’ ishtirokidagi so‘nggi o‘yinlarni ko‘rib, futbolchilardan biri jamoadoshlari gol urishini chindan ham istashiga shubhalanib qoldim. ‘Barselona’ va ‘Real’ o‘rtasidagi farq ham aynan shunda. ‘Barselona’da hamma jamoadoshining gol urishini xohlaydi”, — deb Kruiffning so‘zlarini keltiradi “Championat.com”.
Avvalroq, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Almeriya”ga qarshi bahsda himoyachi Alvaro Arbeloaning goliga g‘alati munosabatda bo‘lgandi. Ushbu bahs Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida o‘tkazilib, “Qirollik klubi”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgandi.
Portugaliyalik futbolchi bu vaziyatda Arbeloaga yaqin turgandi va oshirilgan to‘pni uning o‘zi ham darvozaga kiritishi mumkin edi. Ammo gol ura olmaganidan keyin Ronaldu noroziligini yashirmadi.
Izoh (0)