“Barselona” prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike va “Real” ustozi Karlo Anchelotti haqida OAVlarda tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar qiladi “Championat.com”.
Avvalroq, agar Anchelotti “Real”dan iste’foga chiqadigan bo‘lsa, “ko‘k-anorranglilar” uni “Barselona”ga taklif qilmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
“Luis Enrikening shartnomasi bor va u jamoani boshqarishda davom etaveradi. U juda yaxshi ish olib bordi. Kelajakda biz u bilan kelishuvni uzaytirishni muhokama qilamiz. Anchelotti haqidagi ma’lumotga kelsak, bu qip-qizil yolg‘on. Bularning bari “Barselona”ni izdan chiqarishga harakat qilishmoqchi deb o‘ylashimizga majbur etmoqda”, — dedi Bartomeu.
Izoh (0)