O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bu yil Tojikistonga gastrol safari uyushtirmoqchi, deya xabar bermoqda “12news.uz” Asia-Plus nashriga tayanib. Shuningdek, u fors tilidagi ilk albomini taqdim etadi.
“Menga nimanidir va’da qilish va aniq muddatni aytish noqulay. Lekin uchrashuvimiz shu yil bo‘lishini his qilyapman. Fors tilidagi albomni ham tezda chiqarishni rejalashtiryapmiz, u deyarli tayyor bo‘lib qoldi. Undagi ba’zi qo‘shiqlar yangray boshladi va tinglovchilar qalbidan joy olishga ham ulgurdi. Yozda turk tilidagi qo‘shiqlarimning yangi to‘plamini chiqarishni rejalashtiryapman, shundan so‘ng fors tilidagi albom ustida ishlashni tugataman”, — dedi xonanda Tojikiston nashriga bergan intervyusida.
Izoh (0)