“7x7” gazetasi o‘zbek estradasi yulduzlari bolalikda xato qilganlarida qanday jazo olganini chop etdi.
Manzuraga nisbatan uydagilari “Och qolsang, boshqa xato qilmaysan” deb, unga ovqat bermay qo‘ygan ekan.
Ham xonanda, ham rejissyor va aktyor bo‘lgan Jahongir Poziljonov esa xato qilgan vaqtlari burchakda stul ko‘tarib turgan.
Shirali ovoz sohibasi Ziyoda esa yuqoridagi holatlarda hammomga qamalgan.
Ravshan Sobirov qilgan xatosi uchun ko‘chaga chiqarilmasdan, “uy qamog‘iga mahkum etilgan”.
Shohruxxon esa maktabda o‘qigan kezlari qandaydir katta xatosi uchun qattiq kaltaklangan.
Izoh (0)