19-may kuni Qozog‘istonning Atirau—Aktau trassasida yetti nafar O‘zbekiston fuqarosini olib ketayotgan Lada Largus avtomobili Beynovga ketayotgan “KamAZ” bilan yuzma-yuz to‘qnashib ketdi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Jilioy tumani prokurori Aslonbek Jolanov so‘zlariga ko‘ra, yengil avtomashinaning besh yo‘lovchisi va haydovchisi — 24 dan 51 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik erkaklar voqea joyida halok bo‘lgan, yana bir yo‘lovchi og‘ir ahvolda tuman kasalxonasiga yetkazilgan. “KamAZ” haydovchisiga zarar yetmagan. Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “KamAZ” yuk mashinasining 36 yoshli haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga o‘tib ketib, yengil mashinaga to‘qnashgan.
Izoh (0)