Janubiy Koreya oftalmologlari 17-23-may kunlari davomida Buxoro shahrida 300dan ortiq aholisini ko‘rikdan o‘tkazadi, shuningdek, 80 kishini kataraktani olib tashlash va ko‘z gavharini almashtirish bo‘yicha operatsiya qiladi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Buxoro va Navoiy viloyatida yashovchi, kam ta’minlangan keksa yoshdagi fuqarolar janubiy koreyalik oftalmologlarning xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Ko‘rik va jarrohlik amaliyotlari Janubiy Koreyaning Vision Care xalqaro tashkiloti tomonidan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, respublika oftalmolog-shifokorlari uchun mahorat mashg‘ulotlari ham o‘tkazilmoqda.
2014-yil aprelida xuddi shunday tadbir Farg‘ona viloyati oftalmologiya kasalxonasida Osiyo Madaniyat va taraqqiyot instituti bilan hamkorlikda Daewoo International korporatsiyasining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilgan edi. O‘shanda 250dan ortiq kishi ko‘rikdan o‘tkazilgan, 84 kishi operatsiya qilingan edi.
Izoh (0)