Nukus shahri markaziy qismida din yo‘lida qurbon bo‘lgan tabib Panteleimon sharafiga muqaddaslashtiriladigan pravoslav cherkovi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda, Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bo‘lajak qurilish masalalari Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenesi raisi Musa Yerniyazov, Nukus hokimi Jalgasbay O‘payev va O‘rta Osiyo mitropol okrugi Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy o‘rtasida 18-may kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.
Hozirgi vaqtda Nukusda din yo‘lida qurbon bo‘lgan Panteleimon sharafiga muqaddaslashtirilgan ibodatxona faoliyat olib bormoqda. Umuman, O‘zbekiston bo‘ylab hozirgi vaqtda 38 pravoslav cherkovi faoliyat olib bormoqda.
Izoh (0)