2015-yilning 19-may kuni Bryussel shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibi Alen Le Rua bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikning holati va uni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan Hamkorlik qo‘mitasining (hamda iqtisod, savdo va investitsiya, adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va turdosh masalalar bo‘yicha quyi qo‘mitalarning) navbatdagi yig‘ilishlari va “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” hamkorligining boshqa qo‘shma institutlari doirasida imzolangan shartnomalarni amalga oshirish hamda YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasini implementatsiya qilish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi tomonini qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Izoh (0)