• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bunaqasi Rossiyada ham yo‘q”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Arslon” zirhli transport vositasi, “Lochin” dronlari va dronga qarshi qurollar haqida

    O‘zbekiston Abu Dabida bo‘lib o‘tgan IDEX 2025 xalqaro ko‘rgazmasida o‘zining harbiy sanoat kompleksi imkoniyatlarini namoyish qildi. Mamlakat pavilyonidagi mahsulotlar katalogi 2023-yilgiga nisbatan ikki barobar ortdi. Nafaqat son va turfa xillik, balki sifat masalasida ham jiddiy o‘sish bor. Xususan, NATO standartidagi zirhli texnikalar “Arslon” 8x8 va “Arslon” 6x6 zirhli transport vositalari, yuk mashinasi shassisiga asoslangan “To‘fon” o‘ziyurar gaubitsasi mamlakat Sovet ittifoqidan meros qilib olgan doktrina, umuman olganda, jangovar falsafadan farq qiladi.

    “Arslon” nimasi bilan yaxshiroq?

    Sovet ittifoqi uchun sifat emas, son ustuvor edi. Shu  bois Qizil armiya va ittifoqchilarga yetkazib berilgan texnikalar zirh borasida yuqori standartlarga javob bermasdi. Prioritet sifatida avvalboshdan askarlar hayoti emas, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya oson bo‘lishi belgilab olingandi. Mana shu yondashuv mahsuli hisoblangan bronetransportyorlar, ya’ni BTR oilasiga mansub texnikalarni oling, ularning zirhi standart qurollar teshib o‘ta oladigan darajada zaif: old qismida 10 mm dan oshmaydi. Mina va portlovchi moslamalarga qarshi himoya ayanchli ahvolda. Qolaversa, mashina dvigateli orqa qismda joylashgan. Bu desantchilar jang vaqti BTRni yon qismidan tark etishini anglatadi.

    “Arslon”ni loyihalashda mana shu kabi faktorlar diqqat markazida edi. Qurolli kuchlarni ishonchli va mustahkam zirhli transport vositalari bilan ta’minlash uchun NATO standartlariga murojaat qilindi. Milliy mahsulotimiz zirhi kompozit materiallardan yasalgan. Qolaversa, o‘z ichidagilarni 10 kilogramm trotil ekvivalentidagi portlovchi zaryaddan himoyalay oladi. Ekipaj uch kishidan iborat: komandir, mexanik-haydovchi va qurol operatori. Bundan tashqari, texnikaga 8 kishilik desant bo'linma joylashishi mumkin. Jarayon avtomatlashtirilgan. Ekipaj mashina ichida turib, 360° darajani bemalol kuzatishi, jang maydonidagi vaziyatdan boxabar bo'lib turishi mumkin.

    “Arslon” zirhli transport vositasi jangovar moduli
    Foto: “Daryo”

    “Arslon” 30 mm kalibrli avtomatik to'p va 12,7 mm kalibrli ikkilamchi qurolga ega. U o‘t ochish rejimiga qarab daqiqasiga 200 dan 800 taga qadar o'q uza oladi. Maksimum talafot yetkazish masofasi 4 kilometr. Elektrooptik kuzatuv va nishonga olish tizimi kunning istalgan vaqtida, har qanday sharoitda jang olib borish imkonini beradi.

    Mashinani 600 ot kuchiga ega dvigatel harakatlantiradi. Bu unga tezligini 100 km/soatgacha oshirish imkonini beradi. Maksimal yurish zaxirasi esa 700 km. Mahalliy mahsulotimiz 32 tonna og'irlikka ega. Rossiyaning eng zamonaviy zirhli transportyorlaridan biri BTR-82 15,4, Sovetlarning piyoda jangovar mashinasi BMP-2 esa 14,3 tonna.

    “Arslon” 6x6

    “Arslon” 8x8 varianti notekis relyefda foydalanish uchun qulay. Ammo manyovr va mobillik talab etiladigan shahar janglari sharoitida unga yirik o‘lchamlar xalaqit qilishi mumkin. Uch juft g'ildirakdan iborat shassida harakatlanadigan “Arslon” 6x6 zirhli transport vositasi bu uchun ayni muddao. Uning vazni dastlabki versiyadan 10 tonna yengilroq.

    “Arslon” 6x6 zirhli transport vositasi. Abu Dabi, 2025-yil
    Foto: “Daryo”

    Shunga qaramay, mazkur variant jangovar imkoniyatlar bo'yicha “Arslon” 8x8 dan qolishmaydi. U ham 30 mm kalibrli avtomatik to'p, xuddi shunday elektrooptik xususiyatlarga ega. Maksimal tezligi esa biroz yuqoriroq —110 km/soat. Ekipaj, desant bo'linma soni o'zgarmagan. 

    Darvoqe, Rossiya BTR oilasiga mansub texnikalar parkini yangilash uchun 8x8 platformasidagi zirhli transport vositasi ishlab chiqishga 2010-yilda kirishgan. 2015-yil Moskvadagi paradda ilk prototip – “Bumerang” namoyish qilindi. U ham “Arslon” kabi 30 mm kalibrli qurolga ega. Ammo vazni mahalliy texnikamizdan yengilroq.

    Rossiyaning “Bumerang” zirhli transport vositasi
    Foto: “TASS”

    Lekin “Bumerang” hanuzga qadar seriyali ishlab chiqarishga olinmagan. Bunga ayrim texnik muammolar sabab. Qolaversa, Rossiya qimmatbaho texnika o‘rniga arzon BTR-82 zirhli transport vositalarini ma’qul ko‘rmoqda.      

    “To‘fon”

    O‘rta asrlardan to hozirga qadar artilleriya urushda hal qiluvchi faktorlardan biri bo‘lib kelmoqda. Tarix ko‘rgan eng qudratli sarkardalardan biri Napoleon uni o‘z janglarida markaziy o‘ringa olib chiqqan. Bizning asrimizga kelib dronlarning ahamiyati ortgani bilan, ular artilleriyani o‘yindan chiqaradigan darajaga yetishi uchun hali bir necha o‘n yillar bor.

    Biroq tirkamali artilleriya allaqachon urushda eng istalmagan qurollardan biriga aylanib ulgurdi. Uning aniqligi past, mobilligi esa undan ham yomon. Zambarakni jangovar pozitsiyaga tortib kelish, shay holatga keltirish va yana demontaj qilish   uchun joylashuv, ekipaj tajribasiga qarab yarim soatgacha vaqt ketadi. Bu muddat ichida artilleriyachilar dushman dronlari tomonidan payqalishi, javob zarbasiga duch kelishi mumkin. Yuk mashinasi shassisiga asoslangan o‘ziyurar gaubitsalar bilan esa buni bir necha daqiqada bajarsa bo‘ladi. “To‘fon” tizimi shular jumlasidan.

    “To‘fon” o‘ziyurar gaubitsasi
    Foto: “Daryo”

    Mahalliy mahsulotimizning yana bir o‘ziga xos jihati u NATO standartidagi 155 mm kalibrli snaryadlardan foydalanadi. Bu bizga eskirib borayotgan Sovet standartlaridan uzoqlashish, xalqaro me’yorlarni joriy qilish imkonini beradi.

    “To‘fon” standart snaryadlar bilan 40, reaktivlari bilan esa 50 km masofadagi nishonlarga zarba bera oladi. U mo‘ljalga olishda Global Positioning System (GPS) va Inertial Navigation System (INS) tizimlarining kombinatsiyasidan foydalanadi. Milliy qurolimizning yana bir afzalligi u snaryadlarni o'zi bilan birga olib yuradi. Bu tizimni jangovar shay holatga keltirish vaqtini qisqartiradi. U daqiqasiga yetti martagacha o't ochishi mumkin. Missiya turiga qarab 6 kishigacha boradigan ekipaj zirhli kabinada o‘tiradi.  

    O‘zbek dronlari

    Uchuvchisiz uchish qurilmalari – bugun va kelajak. Ularni o‘z qurolli kuchlariga samarali integratsiya qilmagan davlat buning tovonini juda qimmat resurs – suverenitet bilan to‘laydi. O‘zbekiston bu borada dadil qadamni dronlarning ahamiyati ko‘ringan 2020-yilgi Qorabog‘ urushidan ko‘p o‘tmay tashladi. “Lochin” brendi ostida turli uchuvchisiz uchish qurilmalari ishlab chiqarilmoqda.

    “Lochin” 341 (M1) hamda “Lochin” VM-1 dronlari IDEX 2025 ko‘rgazmasida
    Foto: “Daryo”

    Oradan atigi uch yil o‘tganiga qaramay, katalog ancha kengaydi. Hozir kuzatuv, razvedka, kamikadze tasnifidagi dronlar, FPV hamda bomber dronlar, geksokopterlar ishlab chiqarilmoqda. Bu bilan Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi shug‘ullanadi. IDEX 2025 ko‘rgazmasida ularning bir qanchasi namoyish qilindi.

    “Lochin” 241 modeli
    Foto: “Daryo”

    Biroq ta’kidlash joiz, O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarish bilan faqatgina bir korxona shug‘ullanmaydi. Cyber Park Innovatsion IT klasteri Abu Dabiga o‘zining X-1 va X-2 kamikadze dronlari bilan bordi. Ulardan birinchisi piyodalar, yengil zirhli texnikalarga qarshi qo‘llashga mo‘ljallangan bo‘lib, 400 gramm jangovar kallak tashiydi. Ikkinchisida esa bu ko‘rsatkich ikki kilogramm. Boisi uni og‘ir zirhli texnikalarga qarshi qo‘llash mumkin. Parvoz masofasi 100 kilometr.

    X-2 kamikadze droni
    Foto: “Daryo”

    Qilich va qalqon jangi

    Afsuski, urush bir necha ming yillardan buyon insoniyat bilan parallel yashab kelmoqda. Biologik xavfsizlikni ta’minlash, insoniy sha’n, huquqlar va mol-mulkni asrash uchun ikki narsa - hujum va himoyaga e’tibor qaratiladi. Bunga, xususan, uchuvchisiz uchish apparatlari masalasida ham guvoh bo‘lish mumkin. Dronlar xavfi ortgani sayin, unga qarshi choralar, ya’ni antidron qurollar, elektron urush tizimlari ham turfa xil va effektiv bo‘lib bormoqda.

    O‘zbekistonda bu bilan bir vaqtning o‘zida ham davlat, ham xususiy ishlab chiqaruvchi shug‘ullanadi. 2022-yili asos solingan Electronic Autonomous Solutions kompaniyasi ko‘rgazmada o‘zining 8 ta modeldagi mahsulotlari bilan qatnashdi. Ular orasida Airfender va Fowler kabi portativ antidron qurollari bor. Mazkur tizimlar ko‘tarib yurish uchun qulay bo‘lib, vazni 3-6,5 kg ni tashkil etadi. Ular kichik hajmli dronlarning operator bilan aloqa signallarini blokirovka qilish orqali ishlaydi.

    Airfender va Fowler antidron qurollari
    Foto: “Daryo”

    Kompaniya, bundan tashqari Air Shield hamda Air Wall kabi statsionar tizimlarni ham namoyish qildi. O‘z nomi bilan ularni harakatsiz tartibda, ya’ni strategik obyektlar, harbiy bazalarni himoyalash uchun qo‘llash mumkin.

    Air Shield va Air Wall statsionar tizimlari
    Foto: “Daryo”

    Qolaversa, mazkur ikkisining pikap avtomobillari, shuningdek harbiy kemalarga o‘rnatib, mobil vosita sifatida foydalanishga mo‘ljallangan modifikatsiyalari ham mavjud.

    Innovatsiya texnologiyalari markazi mana shu yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi yana bir kompaniya hisoblanadi. U ko‘rgazmada “To‘siq” 1 va “To‘siq” 2 tizimlari bilan qatnashdi. Biroq markaz keng spektrdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Katalogdan Mergan brendi ostidagi optik vositalar, ballistik shlemlari, zirhli nimchalar, kimyoviy himoya vositalari o‘rin olgan.

    Innovatsiya texnologiyalari markazi tomonidan IDEX 2025 ko‘rgazmasida taqdi etilgan mahsulotlar
    Foto: “Daryo”

    Biroq ko‘rgazmada qatnashgan o‘zbek mahsulotlari shu bilan cheklanmaydi. “Vostok” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqarilgan turli kalibrli patronlar, shuningdek boshqa kompaniyalarga tegishli aloqa va kommunikatsiya vositalari, harbiy liboslar ham o‘z qiziquvchilarini topdi.      

    O‘zbekistonda harbiy sanoat tarkibiga kiruvchi korxonalar soni muntazam oshib  bormoqda. Quvonarlisi, ular orasida xususiy kompaniyalar ham bor. Davlat rahbari ularni tarmoqqa kengroq jalb qilish kerakligi haqida ko‘rsatma berdi. Bu yaxshi yangilik. Boisi xususiy kompaniyalar nisbatan samaraliroq boshqaruv mexanizmiga ega. Buyurtmalarni qo‘lga kiritish uchun yuqori standartlarni ushlaydi. Dunyoning rivojlangan davlatlari tajribasi ham shunday. Lockheed Martin, Northrop Grumman, General Dynamics, BAE Systems, Baykar Makina kabi yetakchi kompaniyalar aksiyadorlik jamiyati, shirkat kabi tuzilmalar hisoblanadi.      

    “Arslon”, “Tarlon”, “Qalqon” zirhli transport vositalari, Airfender, Fowler, Air Shield kabi elektron urush tizimlari aynan xususiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Agar jarayon to'g'ri yo'lga qo'yilsa, bu qachondir o‘zimizda ham AQSH, Yevropa va Turkiyadagi kabi mudofaa gigantlarini yuzaga keltirishi mumkin.

    Turkiya o‘z harbiy sanoat kompleksiga 2000-yillarda jiddiy e’tibor qarata boshladi. Oradan 20 yil o‘tib, bu o‘zining mevasini berdi. O‘zbekistonda esa bu yo‘nalishda dastlabki qadam 2018-yilda tashlandi. Shundan buyon Qurolli Kuchlarimiz uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar soni ancha ko‘paydi. Jarayon kichik tashabbuslardan boshlangan edi. Hozir esa NATO standartidagi zirhli texnikalar ishlab chiqara oladigan darajaga yetdik. Havztez kompaniyasi direktor o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, kompaniya xorijiy mijoz bilan shartnoma tuzgan. Yetkazib berish ishlari 2026-yildan boshlanadi. Bu mahalliy kompaniya uchun katta bozorga qo‘yilgan ilk qadamdir.

    Umid qilamizki, mahalliy korxonalarimiz hamda chet el kompaniyalari bilan IDEX 2025 ko‘rgazmasida imzolangan memorandum va shartnomalar tarmoqqa impuls berib, O‘zbekistonni xalqaro mudofaa sanoatining o‘z o‘rniga ega o‘yinchilaridan biriga aylantiradi.    

    26 fevral, 20:00   Izoh (1)   39516
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zbekiston#IDEX 2025#Arslon 8x8#To‘fon#Lochin#Arslon 6x6
    Humoyun Tojiddinov

    Izoh (1)

    Kirish
    1. / 26 fevral, 21:27

      Texnikalarni birdan armiya safiga qabul qilish noto’g’ri qaror deb o’ylayman. Arslon 8x8 zamonaviy jangavor mashinalar singari bosbqariladigan tankka qarshi raketa otish qobiliyatiga ega emas. Undan tashqari To’fon 155mm artilleriya tizimi shu tipdagi CAESAR, ATMOS kabi tizimlardan texnologiya bo’yicha ancha ortda ekanligi ko’rinib turibdi.

      Avvalo ARSLONlarning yanada takomillashtirilgan ARSLON II variantlari, To’fon II kabi variantlari ishlab chiqilishi, mudofaa tizimlari tomonidan chuqur sinovdan o’tkazilishi kerak.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev “Gazprom neft” kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 13 may, 20:08

    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

    Reklama | 13 may, 19:30

    Misrda bo‘lish qoidalarini buzgani sababli 5 nafar o‘zbekistonlik ushlab turilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 19:56

    Boy odamlar ekologik halokatni yaqinlashtiradi — tadqiqot

    Dunyo | 13 may, 19:50

    Oq otdagi shahzodasini kutayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari

    Layfstayl | 13 may, 19:40

    NATO sobiq bosh kotibi Trampga qarshi turish uchun klub tuzishga chaqirdi

    Dunyo | 13 may, 19:30

    XDP fraksiyasi — parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 13 may, 18:00

    Maksim Shatskix “Andijon” bosh murabbiyi etib tayinlandi

    Sport | 13 may, 19:29

    Qozog‘istonda onasidan ayrilgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 13 may, 19:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.