25-fevral kuni Jizzax viloyati, Forish tumanida OKMKda “Yoshlik-I” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi doirasida Yangi ohak zavodini qurilishiga start berildi.
Tadbirda OKMK rahbariyati, Jizzax viloyati hokimligi masʼullari, Xitoy Xalq Respublikasining “Jiangsu Pengfei Group Co. Ltd.” pudrat tashkiloti rasmiy vakillari, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar zavodning kombinat ishlab chiqarish zanjiridagi ahamiyati muhim ekanligini hamda ushbu hududning aholi bandligini taʼminlash va iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratishini taʼkidlashdi. Shundan so‘ng, OKMK rahbariyati, pudrat tashkiloti rasmiylari hamda nuroniylar ishtirokida ramziy tasma kesilib, ramziy kapsula belgilangan joyga qo‘yildi va zavodning qurilishi rasman start oldi.
Ushbu Ohak zavodi 1, 2, 3 va 4-mis boyitish fabrikalari, mis eritish zavodlari, rux zavodi, Angren, Chodak hamda Xonjizza kon boshqarmalarini texnologik jarayonlari uchun zarur bo‘lgan reagent — ohak bilan taʼminlaydi.
Zavod Xitoy Xalq Respublikasining “Jiangsu Pengfei Group Co. Ltd.” kompaniyasi tomonidan quriladi.
Zavodning quvvati sutkasiga 2200 tonna, yiliga 737 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etadi.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo Jizzax viloyati, Forish tumanidagi Chimqo‘rg‘on-1, Chimqo‘rg‘on-2 ohaktosh konlaridan olinadi. Eʼtiborlisi, ushbu zavod ishga tushishi natijasida 323 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)