O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shveysariyaning Jeneva shahrida davom etayotgan ATP Geneva Open musobaqasi ikkinchi davrasiga yo‘l oldi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.
Sovrin jamg‘armasi 439,4 ming dollarga teng bo‘lgan musobaqaning dastlabki davrasida jahonning 66-raketkasi hisoblangan Denis Istomin serbiyalik Yanko Tipsarevichni 6:0, 6:2 hisobida 52 daqiqa ichida mag‘lub etdi.
1news.uz ma’lumotlariga ko‘ra, Denis Istomin chorak final yo‘llanmasi uchun braziliyalik Tomas Beluchchiga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)