Futbol bo‘yicha Peru chempionatining 5-turidagi “Alyansa Lima” — “Real Garsilaso” o‘yinida bosh hakam Ramon Blanko mezbonlarning 5 vakiliga qizil kartochka ko‘rsatdi, deb xabar qiladi “Championat.com”.
86-daqiqada Gabriel Kosta chetlatildi, hakam bilan tortishgani uchun poytaxt jamoasi ustozi Gilyermo Sanginetti ham maydondan haydaldi. Uchrashuvning qolgan vaqtida “Alyansa”ning yana uch futbolchisi o‘z qarshisida qizil kartochka ko‘rdi. Bellashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Hakamlik ishi tribunadagi muxlislar o‘rtasida tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Referi politsiyachilar hamrohligida stadionni tark etdi.
Peru professional hakamlar assotsiatsiyasi Ramon Blankoning ishini yuqori baholadi va uni Facebook’dagi sahifasida tabrikladi.
Izoh (0)