Turkmaniston Xalqaro muz ustida xokkey federatsiyasi (IIHF)ga 74-a’zo bo‘lib qabul qilindi, deya xabar bermoqda “Rsport.ru” IIHF rasmiy saytiga tayanib.
Nashr yozishicha, Turkmaniston poytaxti Ashxobodda xokkey bo‘yicha eng yuqori darajali musobaqalarga mezbonlik qila oladigan uchta yopiq yaxmalak maydoni mavjud. Milliy olimpiada saroyi 2006-yilda, qolgan ikkita arena 2011-yilda barpo etilgan.
Ayni paytda Turkmanistonda 182 nafar xokkeychi, jumladan 20 va undan kichik yoshdagi 120 sportchi ro‘yxatga olingan.
Izoh (0)