BMT bosh kotibi Pan Gi Mun, bu Koreya yarim orolidagi keskinlikni yumshatish uchun “foyda keltiradigan bo‘lsa”, qulay vaqtda KXDRga tashrif buyurishga tayyorligini bildirdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Pan Gi Munning bunday bayonoti Seulda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi xavfsizlik va taraqqiyot masalalariga bag‘ishlangan 6-Osiyo yetakchilari anjumanida yangradi. Tadbirda OTO masalalari bilan shug‘ullanuvchi yetakchi xalqaro ekspertlar, nufuzli siyosatchilar, korporatsiyalar rahbarlari qatnashmoqda.
“Agar mening tashrifim foydali bo‘ladigan bo‘lsa, Pxenyanga safar qilishga tayyorligimni muntazam takrorlab kelmoqdaman”, — dedi BMT bosh kotibi.
Izoh (0)