Niderlandiyalik ixtirochilar o‘z-o‘zini tuzatuvchi beton ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda Daily Mail. Undagi yoriqlar maxsus bakteriyalar tufayli avtomatik ravishda bitib ketadi.
Olimlar temir-betonga uni ishlab chiqarish vaqtida faol vulqonlar va ishqorli ko‘llar yaqinidagi toshlarda yashovchi Bacillus turidagi bakteriyalarni sut kislotasi kalsiysi bilan aralashtirib qo‘shishni taklif qildi. Yoriqlarga suv kirganida bakteriyalar uyg‘onadi va tuzni yutib, kalsit ajrata boshlaydi, ular to‘planib, betonda paydo bo‘lgan yoriqni to‘ldiradi.
Bundan tashqari, yangi texnologiyani qurib bo‘lingan bino va yo‘llarni ta’mirlashda qo‘llash mumkin, buning uchun bakteriyali suyuqlikni yoriqlar ustiga purkash kifoya.
Bunday spreyni 2015-yil oxirida, bakteriyali betonni esa 2016-yilda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)