Birlashgan Arab Amirliklaridan bo‘lgan ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobusning halokatga uchrashi natijasida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi va 56 kishi jabrlandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Avariya BAA poytaxti Abu-Dabidan 200 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. 60 nafar ziyoratchini olib ketayotgan avtobus eskirgan shinaning portlashi oqibatida ag‘darilib tushgan va yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgan.
“Uch kishi hodisa joyida halok bo‘ldi, yana to‘qqiz kishi og‘ir ahvolda yaqin atrofdagi kasalxonaga olib ketildi”, — dedi Abu-Dabi politsiyasi vakili, polkovnik Hamad Nasr al-Balushi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus haydovchisi uzoq sayohatdan so‘ng charchagan va yuqori tezlikda harakatlangan. U halokatdan jabrlanmagan va hibsga olingan.
Ziyoratchilar Saudiya Arabistonidan — Umra safaridan qaytib kelayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)