AQSh prezidenti Barak Obama Twitter’da akkaunt ochdi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Mikroblogning haqiqiyligini Oq uydagilar tasdiqladi. Birinchi xabarida AQSh prezidenti “Olti yil deganda o‘z akkauntimni ochib berishdi”, — deb yozdi. Ushbu post hozirgacha 200 mingdan ortiq marta retvit qilindi.
Hello, Twitter! It's Barack. Really! Six years in, they're finally giving me my own account.
— President Obama (@POTUS44) May 18, 2015
Obamaning akkaunti @potus deb ataladi — bu uning lavozimi to‘liq nomlanishining qisqartmasidir (President of the United States).
Bir soat ichida Obama 300 mingdan ziyod obunachi yig‘gan bo‘lsa, ayni paytgacha uning folloverlari soni deyarli 1,5 millionga yetdi.