Tailandning Pattayya shahrida shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Javohir Sindorov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Nufuzli musobaqaning blits – tezkor shaxmat bo‘yicha o‘n bir yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida qatnashgan Javohir Sindorov yetti partiyada tailandlik Amorn Jiarattanacharoyen, gonkonglik Pang Xo Xuang, filippinlik Jastin Mordido, mo‘g‘ulistonlik Tengis Sog-Ochir, xitoylik Bokay Yang, malayziyalik Xoye Kax Cheaxni mag‘lubiyatga uchratib, ozarbayjonlik Mirmuso Fayziyev bilan durang o‘ynadi va 6,5 ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Izoh (0)