Gondurasda futbol bo‘yicha “Deportivo Maraton” va “Real Espanya” jamoalari o‘rtasidagi bahsda muxlislar maydonga tushib ketdi, deb xabar qiladi “Championat.com”.
Fanatlar mag‘lubiyatdan noroziliklarini ko‘rsatib, yutqazgan jamoa futbolchilariga nisbatan kuch ishlatmoqchi bo‘ldi. Sportchilar ham bo‘sh kelishni istamadi. Jumladan, o‘yinchilardan biri yuqoriga sakrab turib, muxlislardan birining boshiga oyog‘i bilan zarba berdi.
https://www.youtube.com/watch?v=dOufaBeRmiA
Fanatlarning to‘qnashuvi stadiondan tashqarida ham davom etdi. Ba’zi xabarlarga qaraganda ishqibozlardan biri otib ketilgan.
Izoh (0)