O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Bolgariyaning Varna shahrida o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chaqiruv kubogining navbatdagi bosqichida g‘olib bo‘ldi, deb xabar qiladi “12news.uz”.
Chusovitina tayanib sakrash bahslarida 14,650 ball bilan raqiblari sloveniyalik Teya Belak (14,250) va shveysariyalik Juliya Shtayngruber (14,050)ni ortda qoldirdi.
Bu olti karra yozgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisining mavsumdagi 3-yutug‘idir. 39 yoshli afsonaviy gimnastikachi mart oyida Kotbus (Germaniya) va aprelda Lyublyana (Sloveniya) shaharlarida bo‘lgan Jahon Kubogi bosqichlarida ham g‘alaba qozongandi.
Izoh (0)