Mamlakatimizning birinchi raqamli ayol tennischisi Nigina Abduraimova Fransiyaning Sent-Gaudens shahrida start olgan turnirning ilk davrasidayoq mag‘lubiyatga uchradi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Mukofot jamg‘armasi 50 ming dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning birinchi bosqichida hamyurtimiz fransiyalik Amandin Xessega 6:4, 4:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Xesse dunyo reytingida Abduraimovadan deyarli 100 pog‘onaga pastda joylashgani e’tiborga molik holat.
Izoh (0)