Latviya poytaxti Riga shahri meri Nil Ushakov shahar dumasidagi mushuklardan biri – Kuzya ustidan Latviya Davlat tili markaziga shikoyat qilishini ma’lum qildi. Bu haqida Meduza.io xabar bermoqda.
Meriya xodimlarining fikricha, ola-bula jonivor ma’muriyat mehmonlari va ikkinchi mushuk – Muris bilan latish tilida muloqot qilmayapti.
Ushakovning bu bayonoti Davlat tili markazi merning 9-mayga bag‘ishlangan chiqishini tekshirish haqidagi qaroriga javob bo‘ldi.
Xabar berishlaricha, shahar rahbarining bayramga yig‘ilganlarga latish tiliga tarjimasiz rus tilida gapirgani Latviya qonunchiligiga zid bo‘lishi mumkin.
Agar Ushakov ushbu tadbirda jismoniy shaxs emas, balki shahar meri sifatida chiqish qilgan bo‘lsa, u holda huquqbuzarlik sodir etilgan hisoblanadi.
Ushakovning bayonotida qayd etilishicha, mushuk Kuzya shahar ma’muriyatidan maosh olmaydi, shuning uchun ham u jismoniy shaxs deb baholanishi mumkin.
“O‘ylaymanki, Davlat tili markazi ushbu masalani o‘rganib chiqishi uchun Bosh prokuratura va Adliya vazirligini ham jalb etishi kerak. Masala juda muhim va biz butun jamoamiz bilan javobni intiqlik bilan kutmoqdamiz”, - dedi Nil Ushakov.
Izoh (0)