Bangladeshlik bloger va yozuvchi Bijoy Das seshanba kuni mamlakat shimoli-sharqidagi Silxet shahrida o‘ldirib ketildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
To‘rt noma’lum shaxs Bijoyga katta xanjarlar bilan hujum qilgan. Hujumdan so‘ng shifoxonaga yetkazilganiga qaramay, u jarohatlar sabab vafot etgan.
Bu Bangladeshda yil boshidan beri blogerlar o‘limi bog‘liq uchinchi holatdir. Fevral oyi boshida Bangladesh poytaxtida Ajivit Roy o‘ldirib ketilgandi.
Roy va Das Bangladeshdagi so‘z erkinligi uchun kurashardi, ikkisi ham hukumatni o‘z hamkasblarini hibsga olgani uchun tanqid qilgan, shuningdek, ateizm nuqtai nazaridan yondashgani holda Islom dinining zamonaviy ahvoli haqida fikr yuritgan.
Izoh (0)