12-may, seshanba kuni Nepalda 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” AQSh Geologiya xizmatiga tayanib.
Yerosti silkinishlari epitsentri Namche-Bazar qishlog‘idan 68 km g‘arbda joylashgan. Ofat o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashdi.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida xabar berilganicha yo‘q.
Nepalda 25-aprel kuni 7,9 magnitudali zilzila ro‘y bergandi. Shundan so‘ng kuchi 3,2dan 6,9 magnitudagacha bo‘lgan 90ga yaqin aftershoklar qayd etildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, unda qurbon bo‘lganlar soni 8 mingdan oshdi.
Izoh (0)