BAAning Al-Etihad kompaniyasiga qarashli A321 samolyoti 10-may kuni portlash xavfi tufayli Dubaydagi El-Minxad harbiy aviabazasiga qo‘ndirildi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.
Kompaniya bergan ma’lumotga ko‘ra, EY650 reysi Misr poytaxtidan Birlashgan Arab Amirliklariga uchib kelayotgandi. Yo‘lovchilar tekshirilgandan so‘ng ular Abu-Dabi aeroportiga jo‘natilgan.
Kechikish tufayli Al-Etihadning bir nechta yo‘lovchisi tranzit reyslarga ulgurmadi. Aviakompaniya ushbu muammoni o‘z hisobidan bartaraf etishini qayd etdi.
Layner bortida 128 yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hozircha hodisaning boshqa tafsilotlari oshkor qilinmayapti.
Izoh (0)