Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida o‘z yumushlari bilan ketayotgan fuqaro L. Diloromga kutilmaganda noma’lum shaxs tahdid qilib, uning sumkasi va uyali telefonini tortib olmoqchi bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Postda” gazetasi.
Biroq qiz jiddiy qarshilik ko‘rsatib baqirgach, yo‘lto‘sar niyatiga yeta olmay voqea joyidan yashirindi.
Jabrlanuvchining murojaati bo‘yicha tezkor choralar ko‘rgan ichki ishlar idoralari xodimlari ko‘p o‘tmay yo‘lto‘sarni — shu tumanda yashovchi Amangeldini qo‘lga oldi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)