O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov qarori bilan Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi, deya xabar bermoqda “Review.uz”. Hujjat Bazel-III standartlarini joriy qilishni nazarda tutadi.
Qaror bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning investitsiyaviy faolligini rag‘batlantirish, shuningdek umum qabul qilingan xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining standart va tavsiyalarini 2015—2019-yillarda bosqichma-bosqich joriy etish yuklandi.
Qarorda aytilishicha, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan tijorat banklariga nisbatan qo‘yiladigan me’yoriy talablarni yanada takomillashtirishni, jumladan kapitalning yetarliligi va likvidlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi talablarni nazarda tutgan yangi standartlar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Izoh (0)