O‘zbekistonda domenlar soni tezlik bilan ortib borayotganini hisobga olib, Uzinfocom markazi UZ domen hududi ma’muriyati sifatida yangi registratorlarni qabul qiladi, deya xabar bermoqda Markaz matbuot xizmati.
Yuridik shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga UZ domenlarini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega bo‘lish uchun kelishuv tuzish imkoniyati beriladi. Bu ma’lum talablarga javob beruvchi va Markaz bilan shartnoma tuzgan tashkilot bo‘lishi mumkin.
Xabarda eslatilishicha, ayni paytda O‘zbekistonda bir oyda ro‘yxatdan o‘tayotgan domenlar soni 500 tadan oshgan, umumiy domenlar soni esa 21 000 taga yetgan.
Izoh (0)