Toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommukikatsiya texnologiyalari fakulteti magistranti Ikrom Parmonov oliy o‘quv yurtida o‘tkazilgan talabalarning innovatsion loyihalari ko‘rgazmasida masofadan boshqariladigan “TATU roboti”ni namoyish qildi, deb xabar beradi “7x7” gazetasi.
“TATU roboti” yurish, o‘girilish, gaplashish, hatto raqs tushishni biladi. Masofadan boshqarish Wi-Fi orqali amalga oshiriladi. Robotni mobil telefon yordamida boshqarish mumkin.
Ikrom Parmonovning ustozi Hayot Aliyev aytishicha, ayni vaqtda ular robotni takomillashtirish ustida ishlab, qurilmaning ayrim savollarga javob berib, qo‘shiq aytishiga imkon beruvchi maxsus dastur tuzmoqda. Ixtirochining keyingi modellari kattaroq va ko‘proq vazifani bajaradigan bo‘ladi.
Izoh (0)