Dubayda yaqin ikki yil ichida to‘liq quyosh energiyasi bilan ta’minlanadigan 170 xonali Indigo mehmonxonasi qurilib, foydalanishga topshiriladi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Binoni ekologik jihatdan maksimal darajada foydali qilib qurish ko‘zda tutilgan. Masalan, undagi barcha oqova suvlar va chiqindilar qayta ishlanadi.
Mehmonxonani qurish bilan shug‘ullanadigan kompaniya ijrochi direktori Faris Saidning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxona shahar elektr tarmoqlariga ham ulab qo‘yiladi.
Ya’ni, mehmonxonada quyosh panellari yordamida ishlab chiqarilgan va mehmonxona ehtiyojlaridan ortib qolgan elektr energiyasini boshqa iste’molchilarga sotish mumkin bo‘ladi.
Natijada mehmonxona foydalanadigan elektr energiya narxi 25-30 foizga arzonlashadi.
Izoh (0)