Italiyaning Trento universiteti olimlari o‘rgimchak to‘rining mustahkamligini oshiruvchi alohida texnologiyani ishlab chiqishmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ushbu texnologiya yordamida qulayotgan samolyotning butun og‘irligini ushlab qola oluvchi materialni ishlab chiqish maqsad qilingan.
Sky News telekanalining qayd etishicha, tadqiqotchilar guruhining to‘quvchi o‘rgimchaklar ustida o‘tkazgan tajribalari natijasida hasharotlar odatdagidan 3,5 barobar mustahkamroq to‘r to‘qishni boshlashgan.
Agar olimlarning tadqiqoti muvaffaqiyatli yakunlansa, ular qulayotgan samolyotlarni-da ushlab qolishga qodir gibrid materialni ommaviy ravishda ishlab chiqarishga umid qilishmoqda.
Biroq, telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rgimchaklar ustida olib borilayotgan tajriba ko‘ngildagidek ketayotgani yo‘q – bir qator o‘rgimchaklar ma’lum muddatdan so‘ng mustahkam bo‘lmagan to‘r to‘qishni boshlagan, boshqalari esa o‘lib qolgan.
Izoh (0)