Rossiyaning Ural Airlines aviakompaniyasi “Toshkent – Kaliningrad – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni bekor qildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Klops.ru’ning xabar berishicha, aviakompaniya ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni 15-maydan 3-sentyabrgacha vaqtincha to‘xtatishni rejalashtirayotgan edi, biroq bo‘lajak ikki reysni ham bekor qilishga qaror qildi.
Qayd etish joiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Toshkent – Kaliningrad – Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab parvozlarni davom ettiradi. Reyslar har chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Izoh (0)