Moskvaning Sheremetyevo aeroportida “Aeroflot” aviakompaniyasining Sukhoi Superjet 100 samolyoti dvigatelining bir bo‘lagi tushib qolgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlashdi, deya xabar bermoqda “RBK”.
“Bunday voqea haqiqatan sodir bo‘ldi, biroq undan buyon biroz vaqt o‘tdi”, — dedi aeroport vakili. U hodisa bilan bog‘liq boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
Avvalroq LifeNews nashri avialayner Sheremetyevodan uchib ketish vaqtida dvigatelining bir bo‘lagini yo‘qotganligi, biroq bu Kiyevning Borispol aeroportidagina aniqlanganini xabar qilgan edi.
Izoh (0)