Avstraliyadagi Hamilton Base Hospital shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi xodimlari kasalxonaning avtomatik ochilib-yopiluvchi eshiklaridan koala kirib kelganini ko‘rib, hayratda qolishdi.
https://www.youtube.com/watch?v=PvxJYghLVJE
Binodagi kuzatuv kameralari xaltali jonivor xotirjam xonalarni aylanib chiqqani, shundan so‘ng yana eshik orqali tashqariga chiqib ketganini yozib olgan, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Jonivor shifoxonaga kirib kelgan bo‘lsa-da, shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, u kasalmand va keksadek ko‘rinmagan. Turgan gapki, u kasalxonaga qiziqish ortidan kirib kelgan.