Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Meksika poytaxti Mexiko shahri metrosida ikki poyezdning to‘qnashib ketishi natijasida kamida 12 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.

Foto: Segodnya.ua

Foto: Segodnya.ua

Noma’lum sababga ko‘ra, poyezdlardan biri stansiyaga yaqinlashib kelayotgan vaqtda tezlikni pasaytira olmagan va stansiyada turgan ikkinchi poyezdga borib urilgan. Hozirgi vaqtda hodisa joyida qutqaruvchilar va tergovchilar ish olib borishmoqda.

Jabrlanuvchilar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan, shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning hayotiga hech qanday xavf yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariya Mexikoda yoqqan kuchli do‘l sabab ro‘y bergan bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda