Parvozlarni boshqarish markazi (PBM) Xalqaro kosmik stansiya ekipajiga vaqti-vaqti bilan almashtirib turiladigan hayotni ta’minlovchi vositalarni kamroq sarf qilishni tavsiya etgan, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Bu tavsiya stansiyaga oziq-ovqatlar va yashash uchun muhim bo‘lgan manbalar zaxirasini olib chiqayotgan yuk tashuvchi “Progress”ning halokati bilan bog‘liq.
“Interfaks” ma’lumotiga ko‘ra, gap elektr ta’minoti, suvni qayta ishlab chiqarish, havoni bir me’yorda ushlab turish, issiqlikni ta’minlash tizimlari va hojatxonadan foydalanish haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning “Progress M-27M” yuk tashuvchi kosmik kemasi nazoratni yo‘qotib, Yer orbitasidan tushib keta boshlagan va atmosferaning qalinroq qatlamlariga kirib, yonib ketgan edi. “Progress M-27 M” yuk tashuvchi kosmik kemasi yaqinida topilgan bo‘laklar orbitasi tahlili kema tashuvchi raketadan ajralayotgan vaqtida portlash sodir bo‘lganiga ishora qildi.