Dubaydagi kimoshdi savdosida 052-2222222 mobil raqami 8 010 000 dirham (2,2 million dollar)ga sotildi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz” mahalliy OAVlarga tayanib. Nufuzli raqam egasi Muhammad Hilol ismli shaxs bo‘ldi.
Auksionda bunday chiroyli raqamlardan 70 ga yaqini taqdim etildi, ularning eng arzoni 4900 dollarga ketdi.
Ta’kidlanishicha, kimoshdi savdosida olingan mablag‘ning bir qismi xayriya maqsadlariga sarflanadi.
Izoh (0)