Qozog‘iston poytaxti Ostonada “Ekspo—2017” xalqaro maxsus ko‘rgazmasi infratuzilmasi bazasida moliyaviy markaz tuziladi, deya xabar bermoqda “Nur.kz” Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning 28-aprel, chorshanba kungi inauguratsiya chog‘ida aytgan nutqiga tayanib.
“Mamlakatimiz Yevrosiyoning shaffof logistik markaziga aylanadi, “Ekspo—2017” yuqori texnologiyali infratuzilmasi bazasida alohida maqomga ega Ostona moliyaviy markazi yaratiladi”, — dedi Nazarboyev mamlakat oldida turgan vazifalarni aytar ekan.
“Eng yaxshi xalqaro tajribadan kelib chiqib, mamlakatdagi biznes iqlimini dunyodagi eng maftunkorlaridan biriga aylantirishimiz kerak. Qozog‘iston bugun mintaqamizdagi iqtisodiy yetakchidir, lekin bunda to‘xtab qolmaslik kerak, islohotlar milliy iqtisodiyotni ilg‘orlardan biriga aylantiradi. Bosh vazifamiz — qozog‘istonliklar turmushini yaxshilash”, — dedi prezident.
Izoh (0)