Senator Byorni Sanders 30-aprel, payshanba kuni AQSh prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishini e’lon qiladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” mahalliy OAVlarga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, e’londan so‘ng bir necha hafta ichida Sanders Vermontda boshlang‘ich saylovoldi kampaniyasini boshlamoqchi.
Ta’kidlanishicha, Sanders saylovoldi kampaniyasining asosiy mavzusi Amerikada badavlat korporatsiyalar va millionerlar gullab-yashnayotgan bir paytda o‘rtamiyona sinf yo‘qolib borayotgani muammosidan iborat bo‘ladi.
Izoh (0)