BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Rossiya va AQShning yadro qurol-yarog‘larini modernizatsiya qilishga intilishlarini qattiq tanqid ostiga oldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
27-aprel kuni Nyu-Yorkda yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga rioya qilinishi ustidan nazorat bo‘yicha anjuman chog‘ida ma’lum qilingan bayonotda Pan Gi Mun afsus bilan ta’kidlashicha, Moskva va Vashington atom qurolidan voz kechish o‘rniga, “sovuq urush davrlaridagi fikrlash usuliga qaytish”ni ko‘zlamoqda.
Bosh kotib fikriga ko‘ra, Rossiya va Amerika tomonining tutgan o‘rni Yaqin Sharqda yadro qurolidan xoli hudud yaratishga yordam bermaydi.
Izoh (0)