Yevropa Ittifoqi Vengriyaning “Paksh” atom elektr stansiyasida Rossiya texnologiyasi bo‘yicha ikkita yadro reaktori qurilishiga ruxsat berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Atom energiyasi bo‘yicha “Yevroatom” Yevropa hamjamiyati Rossiya yadro yoqilg‘isining ushbu reaktorlarga o‘n yil davomida yetkazib berilishini tasdiqladi.
Vengriya bosh vaziri Yanosh Lazar so‘zlariga ko‘ra, Bryusselning “yashil chirog‘i” Rossiya-Vengriya loyihasini amalga oshirishda “muhim marra” bo‘lib hisoblanadi, chunki Yevrokomissiya ushbu bitimga nisbatan shubha bildirishda davom etishi kutilgan edi.
Izoh (0)