Isroilning Al El kompaniyasiga tegishli, bortida 180 kishi bo‘lgan samolyot Tel-Avivga singan shassi bilan eson-omon qo‘nib oldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” aeroportdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya kadrlariga tayanib.
Avvalroq Tel-Avivdagi Ben-Gurion xalqaro aeroporti yer usti xizmatlari “Boing 737-800” yo‘lovchi samolyotining avariyaviy qo‘nishiga hozirlik ko‘rayotgani xabar berilgan edi.
Samolyot uchib ketgach, uchish-qo‘nish yo‘lagida aniqlangan samolyot shassisi bo‘laklari tufayli ekipaj Tel-Avivga qaytishga qaror qildi. Havo bandargohiga o‘nlab tez yordam karetalari, qutqaruv xizmatlari yo‘naltirildi.
Izoh (0)