Shveysariya Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich tuzumi bilan bog‘liq muzlatib qo‘yilgan mablag‘lar yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi Ukrainaning amaldagi hukumati yuborgan so‘rovni qanoatlantirdi. Bu haqda EuroIntegration.com.ua xabar bermoqda.
Shveysariya federal adliya idorasi vakili Folko Gallining ma’lum qilishicha, aynan qancha miqdordagi mablag‘ muzlatib qo‘yilgani haqida adliya idorasida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Gallining qo‘shimcha qilishicha, Shveysariya adliyasi vakillari “Yanukovich ishi” bo‘yicha yo‘llangan yuridik so‘rovga ilk bor ijobiy javob bermoqda.
Shveysariya birinchilardan bo‘lib Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich, shuningdek, uning atrofidagi 30ga yaqin odamlarning hisob-raqamlarini muzlatib qo‘ygan edi.
Yanukovich odamlarining hisob-raqamlarida kamida 170 million frank borligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)